Termiz olimpiya zaxiralari kollejida vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi

0
581

Yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish va mustahkamlash, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng xalq ommasiga yetkazish, Qurolli Kuchlarning salohiyatini namoyish etish maqsadida oʻtkazilayotgan harbiy- vatanparvarlik tadbirlarining navbatdagisi Termiz olimpiya zaxiralari kollejida tashkil etildi.

Unda Surxondaryo viloyati hududida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari, faxriylar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi. – Bu yilgi “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlarda buyuk bobolarimining koʻrsatgan qahramonliklarini yoshlar ongiga singdirish orqali ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiylikka qiziqtirish, yurt oldidagi farzandlik burchini anglatishni maqsad qilganmiz, – deydi Termiz garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshligʻi mayor Yorqin Yusupov.

Tadbir davomida faxriy qorovulning koʻrgazmali va harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi boʻyicha chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar zamonaviy qurol-aslahalar bilan tanishdi.Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi harbiy boʻlim boshligʻi Shaxruz Valiyevning taʼkidlashicha, bu galgi “Vatanparvarlik oyligi” olis va chekka hududlarda ham oʻtkaziladi. Shu bois “Vatanparvarlik karvonlari” tashkil etilib, chekka hududlarda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar, harbiylarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etiladi. Shuningdek, oylik doirasida harbiylar va yoshlar oʻrtasida kitobxonlik tanlovlari, sport musobaqalari oʻtkaziladi.

Bugun Termiz garnizonidagi harbiy shaharchadan yoʻlga chiqqan “Vatanparvarlik karvoni”ning navbatdagi manzili Angor tumanining chekka qishloqlari boʻladi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,Termiz garnizoni