Markaziy harbiy okrugda marafon gʼoliblari sayohat yoʼllanmasi bilan ragʼbatlantirildi

0
639

Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvarь – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida, Markaziy harbiy okrug qoʼmondoni boshchiligida Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida 5000 dan ortiq harbiylar va yoshlar ishtirokida uch kilometr masofaga yugurish marafoni oʼtkazildi.


Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sogʼlom turmush tarzini shaklantirish maqsadida oʼtkazilgan bunday marafonlar bizlarning kelajagimiz boʼlgan yosh avlod uchun juda katta ahamiyatga ega. Chunki Sogʼlom tanda – sogʼ aql, deb bejizga aytilmagan.
Marafon yakunida gʼolib boʼlgan yoshlar Markaziy harbiy okrug qoʼmondonligi, viloyatlar hokimliklari hamda hududiy harbiy prokuratura tomonidan sovgʼalar hamda Xorazm viloyatiga 3 kunga 2 kishilik sayohat uchun bepul yoʼllanma bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati