2000-yil yoz oylarida Sariosiyo tumanining tog‘li hududlarida terrorchi to‘dalarga qarshi to‘qnashuvlarda aziz jonini fido qilgan Boburjon G‘aniyev tahsil olgan Marg‘ilon shahridagi maktabda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari ishtirokida “Vatan – aziz, jasorat mangu” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Vatan uchun jonini fido qilgan yurt o‘g‘loni xotirasiga tashkil qilingan “Vatanpvarvarlar burchagi”da yoshlar bilan Vataniga, qasamyodiga sodiq o‘g‘lonlar yodi qalblarda mangu qoladi, deya ta’kidlab o‘tildi.
Yoshlar milliy armiyamizga bo‘lgan qiziqishlarini suhbat davomida aytib o‘tdi va bir qator savollarga javoblar oldi.
Maktab hududida barpo etilgan qahramon byusti yonida uning jasorati yod etilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati