Vatanparvarlikka daʼvat etgan targʻibot tadbirlari

0
703

Sharqiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida yoshlarni oliy harbiy bilim yurtlariga oʻqishga qiziqtirish maqsadida “Ofitserlik – sharafli kasb” mavzusida bitiruvchi sinf oʻquvchi yoshlari bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirga oliy harbiy bilim yurtlari vakillari ham taklif etildi. Shuningdek, unda bilim yurtlarining kundalik hayoti aks etgan filmlar namoyish etildi va yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxasislar tomonidan javob qaytarildi. Targʻibot tadbirlari savol-javoblarga boy boʻldi. Tadbirdan yoshlarimiz oʻzlariga kerakli boʻlgan yoʻnalishlarni belgilab oldilar.

Shundan soʻng Qoʻqon shahridagi umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinflari oʻrtasida “MEN GʻOLIB” shiori ostida harbiy sport musobaqasi oʻtkazildi. Unda harbiy qism faxriy qorovul vzvodining chiqishlari oʻzgacha mazmun berib, yoshlarning harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati