Toyloqda harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

0
577

Samarqand viloyati Toyloq tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari, uyushmagan yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
Festival o‘quvchi yoshlar qalbida jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat va hurmat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.

Shundan so‘ng Markaziy harbiy okrug harbiy orkestr jamoasining chiqishlari, harbiy xizmatchilari tomonidan jangovar tayyorgarlik mashqlari namoyish etildi. O‘quvchi-yoshlar esa askar akalaridan zamonaviy qurol-aslahalar va jangovar texnikalardan foydalanish sirlarini o‘rgandilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati