Men ham kelajakda harbiy bo’laman

0
659

Farg’ona viloyati Farg’ona tumanidagi umumta’lim maktabida “Men ham kelajakda harbiy bo’laman” shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda Farg’ona shahridagi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo’mondonligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari, maktab o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida maktab hududida o’quvchi yoshlar va harbiy xizmatchilar o’rtasida qiziqarli suhbat-muloqot bo’lib o’tdi. Shundan so’ng o’quvchi yoshlar uchun qurol-aslahalar ko’rgazmasi ham bo’lib o’tdi.

Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati