Andijonning iste’dodli yoshlari taqdirlandi

0
514

Andijon viloyati Bo‘ston tumani Zahiriddin Muxammad Bobur nomli bolalar istirohat bog‘ida Yoshlar festivali doirasida galakonsert bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021″ doirasida tashkil etilgan loyihalarda g‘olib bo‘lgan yoshlar tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida harbiy orkestr chiqishlari taqdim etildi hamda yosh xonandalar tomonidan kuylangan vatanparvarlik mavzusidagi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Yoshlarning kelajak sari aniq rejalar bilan qadam bosib, yurt uchun fidoyi bo‘lib shakllanayotgani ushbu tadbirlarda yaqqol bilinadi.

Bunday tadbirlarda harbiy xizmatchilar faol ishtirok etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati