Bugun, 3-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida qilinadigan ishlar yuzasidan ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda mudofaa vazirining oʻrinbosari va masʼul ofitserlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori hamda qator olimlar, jamoat arboblari ishtirok etdi.
Barchamizga maʼlumki, yurt ozodligi va millat hurligi uchun kurash olib borgan yuzlab fidoyi qahramonlarimiz nomlari oʻtgan yillar davomida yuzaga chiqarildi va bu hol keng koʻlamda davom etib kelmoqda. Yigʻilishda ushbu qoʻyilgan ishlarning miqiyosini yanada kengaytirish, millatparvar bobolarimizning maʼnaviy merosini tiklash va xalqimizga taqdim etish boʻyicha hamkorlikdagi aniq chora-tadbirlar dasturi belgilab olindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti