Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar va kadrlar organlarining kasb bayrami nishonlandi

0
751

Qurolli Kuchlar akademiyasida Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda kadrlar organlarining kasb bayrami munosabati bilan tantanali bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Mudofaa vazirligi rahbariyati, turli tashkilot va muassasa vakillari, kasb fidoyilari, faxriylar va Qurolli Kuchlar ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

Marosimda so‘z olganlar milliy armiyamizning asosiy bo‘g‘ini, armiya madaniyati va uning kadrlar siyosatini belgilovchi kasb vakillarining mashaqqatli va sharafli faoliyatini e’tirof etishdi.

Bayramona uchrashuvda joriy yilda Mudofaa vazirligi miqiyosida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi mutaxassisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari yuksak ehtirom bilan taqdirlandi, ko‘plab o‘z kasbining fidoyilari munosib rag‘batlantirildi.

Ushbu qutlug‘ sana konsert dasturi va bir-biridan go‘zal kuy-qo‘shiqlarga ulanib, barchaga birdek xursandchilik va yuqori kayfiyat baxsh etdi.

Bayram tantanasi harbiy okrug, qism va muassasalarda ham o‘tkazildi.

Katta leytenant Bobur ELMURODOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikasiyalar departamenti