Yongʼin xavfsizligi oyligi doirasida profilaktik amaliy mashgʼulot

0
533

Havo hujumidan mudofaa qoʼshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʼmondonligiga qarashli Fargʼona garnizonidagi harbiy qismda yongʼin xavfsizligi oyligi doirasida profilaktik targʼibot tadbiri boʼlib oʼtdi.


Tadbirda harbiy qism harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari, yongʼin xavfsizligi xizmati masʼullari ishtirok etdi.
Turli qoʼlbola isitish vositalaridan foydalanmaslik, is gazidan zaharlanishning oldini olish kabi bir qator sodir boʼlishi mumkin boʼlgan hodisalar haqida maʼlumotlar berib oʼtildi.
Shundan soʼng amaliy mashgʼulot tarzida yongʼinni bartaraf etish holati mutaxassislar tomonidan koʼrsatib berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati