Andijonda “Shunqorlar” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

0
1224

Andijon garnizonidagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat Kengashi, Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik — oliy maqsadimiz!” shiori ostida 1-sektorga biriktirilgan yoshlar o‘rtasida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa ishtirokchilari “Harbiy estafeta”, “Merganlik mahorati”, “Saf qo‘shiqlari”, “Granata uloqtirish”, “Turnikda tortinish”, “100 metrga yugurish” shartlari bo‘yicha bahs olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Marhamat tumani “Temurbeklar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. G‘olib hamda faol ishtirok etgan yoshlar munosib taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati