Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Yoshlar oyligi”ga start berildi

0
1332

Yurtimizda yoshlarga kata e’tibor qaratilib, yangidan yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning iyun oyi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan bugundan “Yoshlar oyligi”ga start berildi.

Xususan, mazkur oylik doirasida amalga oshiriladigan ishlar, loyihalar va o‘tkazildagidan tadbirlar yuzasidan Sharqiy harbiy okrug boshqaruv apparatida yig‘ilish o‘tkazildi. Shundan so‘ng, “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida festival va forumlar, yosh harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida turli yoʻnalishdagi tadbirlar shu kunning o‘zidayoq tashkil etildi.

Jumladan, Andijon shahridagi harbiy qism, Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda shahar markazida festival o‘tkazildi. Namangan garnizonidagi harbiy qismda esa yoshlar va bolalar ishtirokida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati