Diqqat, e’lon!

0
1290

О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatidagi yuriskonsult lavozimlari bo‘yicha mavjud bо‘sh ish о‘rinlariga tanlov asosida qabul e’lon qilinadi

1.Bosh mutaxassis- yuriskonsult;

2.Yetakchi mutaxassisi- yuriskonsult.

Ishga qabul qilish shartlari:

О‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bо‘lgan shaxslar ishga tanlov asosida qabul qilinadi.

Nomzodlar oliy ma’lumot (bakalavr, magistr)ga ega yuristlar, egallagan lavozim vazifalarini tezda о‘zlashtirishga, о‘z xizmat majburiyatlarini sifatli va tezkor bajarishga qodir bо‘lishi zarur.

Shuningdek, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bо‘yicha yetarli bilimga ega, xalqaro standartlardan xabardor, ma’lumotlarni tezkor olish va ular bо‘yicha ishlashni tashkil qila olish kо‘nikmasi shakllangan, sohada kamida 3 yil faoliyat olib borgan va yetarli tajriba to‘plagan bо‘lishi hamda unga nisbatan korrupsiyaga oid jinoyatlar yuzasidan sudlanganlik holatining mavjud emasligi talab etiladi.

О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatiga Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari lavozimlariga ishga qabul qilish avvalo, nomzodning ishchanlik va axloqiy fazilatlarini har tomonlama о‘rganish va ularni vakolatli organlari bilan kelishishdan sо‘ng amalga oshiriladi.

Murojaat uchun manzil:

Toshkensh shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani,

Mirzo Ulug‘bek kо‘chasi, 100-uy.

Telefonlar:

(71) 269-83-80, (71) 296-81-51, (97) 140-78-44