Jizzaxda sport sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi

0
660

Yoshlarni sogʻlom hayotga odatlantirish, ommaviy sport tadbirlarini rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan Jizzax garnizoniga qarashli harbiy qismlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda Jizzax shahridagi O‘rda ekalogik bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida ertalabki ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari va ommaviy yurish marafoni boʻlib oʻtdi.

Tadbir Jizzax shahridagi “O‘rda” ekologik bog‘ida ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari bilan boshlandi. Shundan soʻng ishtirokchilar 5000 qadam masofani bosib oʻtishdi. Ommaviy tadbirda uch ming nafarga yaqin ishtirokchilar qamrab olindi.

Sport tadbirlari davomida Jizzax garnizoni Ma’naviyat va marifat markazi orkestr jamoasining vatanni, yurtni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari ishtirokchilarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati