Xalqaro nogironlar kunida xayriya tadbirlari amalga oshirildi

0
553

Мarkaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilari qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirdilar.
Samaqand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Navoiy garnizonlarida hududda joylashgan nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi. Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida esa bir guruh harbiy xizmatchilarning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondi tomonidan zarur tibbiy anjomlar, dori-darmonlar ulashildi. Davolanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi.

Tibbiy ko‘rik yakunida Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda Samarqand harbiy prokuraturasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati