Informatika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadaning Mudofaa vazirligi bosqichi o‘tkazildi

0
637

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari jamoalarining fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi buyrug‘iga asosan, joriy yilning 29 noyabr – 3 dekabr kunlari Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari jamoalari o‘rtasida informatika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadaning mudofaa vazirligi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro olimpiada uch turda o‘tkazildi:

  • Birinchi tur – dasturiy mahsulotlarni qo‘llash bo‘yicha kompleks topshiriq bajarish;
  • Ikkinchi tur – yuqori darajadagi dasturlash tilida topshiriqlar bajarish;
  • Uchunchi tur – yagona taktik fonda dasturiy ta’minot yordamida kompleks topshiriqlarni bajarish.

Xalqaro olimpiada yakuniga ko‘ra, faxrli I o‘rinni Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlari jamoasi qo‘lga kiritdi. II o‘rin esa Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari jamoasiga nasib etdi. III o‘rinni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari jamoasi egalladi.

Olimpiada g‘olibi bo‘lgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlari jamoasi 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi informatika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadada ishtirok etadi.

Mayor Sherqo‘zi HAKIMOV