Jahon chempionatida g‘alaba qozongan harbiy sportchi tantana bilan kutib olindi

0
889

Sportning muay-tay turi boʻyicha Bankok shahrida o‘tkazilgan 19-jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Chempionatda terma jamoa aʼzosi, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchisi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar Abubakr Boltaboyev oʻz vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Oʻzbekistonga gʻalaba bilan qaytib keldi.

Termiz temir yoʻl vokzalida hamyurtimizni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda chempionni okrug masʼull ofitserlari, xarbiy xizmatchilar va yoshlar tantana bilan qarshi oldi.

Maʼlumot uchun, 14-mart kuni Tailandda start olgan ushbu nufuzli turnirda jahonning 32 ta mamlakatidan 600 ga yaqin sportchi oʻz vazn toifalarida gʻoliblik uchun bahs olib bordi. Oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida tashkil etilgan Jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 10 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan holda, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qayd etdi.