Yoshlarni vatanparvar, sadoqatli va fidoyi etib tarbiyalash yoʻlida

0
526

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida yosh avlodni ona yurtga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, vatanparvarlik oyligi doirasida Qarshi shahrida joylashgan harbiy qismda hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkilotlari, harbiy xizmatchilar va oʻquvchi yoshlar ishtirokida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Tadbir oʻquvchi yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy tehnikalar koʻrigi, harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan kutubxona, madaniyat markazi, sport zali va boshqa obyektlar bilan tashishdan boshlandi.

Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar bilan, davra suhbati, uchrashuv oʻtkazilib, yakunda “Muqaddas burch” nomli videorolik namoyish etildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni vatanparvar, sadoqatli va fidoyi insonlar etib tarbiyalash bilan birga xalq va armiya yakdilligini taʼminlashda dasturil amal boʻlib xizmat qiladi.

Kunning ikkinchi yarmida harbiy xizmatchilar Qarshi shahridagi “Muruvvat” uyida boʻlib, u yerda tarbiyalanuvchilar bilan “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi shiori ostida” xayriya tadbiri oʻtkazishdi.

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga zaruriy anjomlar va oʻquv qurollari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti