Janubda imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olindi

0
594

Mehr-muruvvatli va bagʻrikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishni jamiyatda tinchlik, doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida eʼzozlab keladi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari oʻrganildi hamda ularga amaliy yordam koʻrsatildi.

Ungda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev, Surxondaryo viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy boʻlimi vakillari hamda mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida kichik serjant Oybek Usvaliyevning xonadoniga tashrif uyushtirilib, farzandi sogʻligini tiklash boʻyicha harbiy xizmatchining murojaati oʻrganildi va shu yerning oʻzida viloyat sogʻlikni saqlash boshqarmasi tomonidan muammo hal qilindi. Turmush oʻrtogʻining murojaatiga asosan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari pokovnik Poʻlatjon Sativaldiyev tikuv mashinalari olib berishni hamda harbiy qism hududidan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash uchun bino ajratilishida yordam berilishini maʼlum qildi.

Shu kuni barcha imkoniyati cheklangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, farzandlariga oʻyinchoqlar hamda ayollarga pishiriqlar tayyorlashlari uchun pechlar tarqatildi.
Bunday xayr-saxovat tadbirlari viloyatning boshqa hududlarida ham oʻtkazildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni