Navroʻz bayrami munosabati bilan ommaviy yugurish marafonlari oʻtkazildi

0
1176

Yurtimiz bo‘ylab “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” bosh gʻoyasi asosida tashkil etilayotgan bayram tadbirlar aholiga xush kayfiyat ulashayotgani hech kimga sir emas. Milliy qadriyat va anʼanalar, ommaviy sayillar, harbiy qismlarda esa sport musobaqalari o‘tkaziloytgani bo‘lsa harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari dillarini xushnud etmoqda.

Bayram tadbirlari doirasida aholi o‘rtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida Samarqand va Jizzax garnizonidagi harbiy shaharchalar hamda Navoiy garnizonidagi “Yoshlik” istirohat bogʻida ommaviy yugurish marafonlarini oʻtkazdi.

Yugurish marafonlari harbiy orkestr sadolari ostidagi davlatimiz madhiyasi bilan boshlanib, shundan keyin ishtirokchilar chigalyozdi mashqlarini bajarishdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar belgilangan 5,3 kilometr masofani bosib oʻtib, gʻoliblik uchun kurash olib bordi. Gʻolib va sovrindorlar 21-mart kuni garnizonlar boʻylab oʻtkaziladigan bayram sayillari davomida taqdirlanadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati