“Oʻzbekkosmos” agentligi va Mudofaa vazirligi hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

0
826

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Mudofaa vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqot va texnologiyalar agentligi (“Oʻzbekkosmos” agentligi) vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtab boshligʻi general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov milliy armiyamizning zamonaviy qiyofasi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻxtalib oʻtdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqot va texnologiyalar agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Shuxrat Kadirov ham oʻz navbatida bajarilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuv soʻnggida Respublikamiz xavfsizligini taʼminlash, mudofaa salohiyatini yanada oshirish maqsadida Mudofaa vazirligi va “Oʻzbekkosmos” agentligi oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida ikki tomonlama oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

Leytenant Islomjon QOʻCHQOROV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti