Xorazmda yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash tadbirlari amalga oshirildi

0
1065

Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi o‘ta murakkab sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari bu masala bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tartibda topshiriqlar berdi. Ayni paytda joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning o‘qishi va bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish, o‘z vaqtida hal etish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olish bo‘yicha rasmiy idoralar, mahalla va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ayni shu maqsadlarda Xorazm viloyatida joylashgan “Yangiariq” umumqo‘shin poligonida  18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlar ishtirokida “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida 2 kunlik o‘quv-yig‘ini tashkil etildi. Yig‘in Qurolli Kuchlar akademiyasining harbiy xizmatchilari, Xorazm viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi vakillari hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash tadbirlari davom etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti