Mudofaa vazirligi harbiy delegatsiyasi Pokistonda

0
1234

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari polkovnik Alisher Narbayev rahbarligidagi harbiy delegatsiya ayni kunlarda harbiy taʼlim istiqbollari yuzasidan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari boʻyicha Pokiston Islom Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Harbiy delegatsiyamiz aʼzolarini mamlakatimizning Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov hamda Pokiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi harbiy taʼlim direktorati boshligʻi general-mayor Taxir Gulzor boshchiligidagi mutasaddilar kutib olishdi.

Tashrif davomida Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy taʼlim tizimi, jumladan, Pokistonning Abbatobod shahridagi harbiy akademiya infratuzilmasi, taʼlim jarayonlari va oʻquv moddiy bazalari bilan yaqindan tanishish hamda ikki davlat mudofaa idoralari oʻrtasida harbiy taʼlim istiqbollari yuzasidan oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari koʻzda tutilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti