Bilim yurtida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida tadbir oʻtkazildi

0
442

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida, yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuygʻusini oshirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash maqsadida “xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Unda Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi ofitserlari, Chirchiq davlat pedagogika instituti talabalari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimlari va kursantlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizning tarixi va anʼanalari, sarkardalar Amir Temur, Jaloliddin Manguberdilarning harbiy sanʼatlari toʻgʻrisida fikr yuritishdi. Shundan soʻng kursantlar buyuk sarkardalarning siymolarini sahnada gavdalantirdi.

Tadbir yakunida baxshichilik sanʼatidan xabardor kursantlar oʻz ijod namunalarini sahnada ijro qilib, tadbir qatnashchilariga xush kayfiyat baxsh etdi.

Sherzod EGAMBERDIYEV,Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti