Namanganda harbiylar va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi

0
866

Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr va badiiy xavaskorlik jamoalari ishtirokida Pop tumani G’urumsaroy aholi yashash punktidagi umumta’lim maktablarida Qurolli Kuchlarimizning 30 yilligi munosabati hamda yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ularini oshirish maqsadida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar o’quvchi yoshlar bilan suhbatlar olib borib, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar hamda Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida aytib o’tildi.
Tadbir davomida, harbiy orkestr va badiiy xavaskorlik jamoalarining turli chiqishlari barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashgan bo’lsa, faxriy qorovul bo’linmasining saf ko’rinishlari yig’ilganlar olqishiga sazovor bo’ldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati