Harbiylar “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi

0
449

“Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Farg‘ona “Temurbeklar maktabi”, harbiy orkestr jamoasi Farg‘ona shahridagi “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi.
Tadbir davomida qo‘l jangi chiqishlari, turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Harbiy orkestr jamoasining musiqiy chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, yig‘ilganlarni raqsga chorladi.
Tadbir so‘ngida bolajonlarga esdalik sovg‘alari berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati