Farg‘ona “Temurbeklar maktabi”da yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

0
521

Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyida garnizon yong‘in nazorati inspeksiyasi tomonidan viloyati FVB mutaxassislari ishtirokida mamlakativizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar e’lon qilingan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida, shuningdek, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bugungi kunda is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar havo harorati pasayishi natijasida ro‘y berayotganligini inobatga olib, ularning oldini olish maqsadida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari orasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. O‘tkazilayotgan uchrashuvlarda tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va talablariga rioya etmaslik, e’tiborsizlik oqibatida gazdan zaharlanish kabi fojiali oqibatlarga olib kelishi, gaz isitish asboblaridan noto‘g‘ri foydalanish tufayli chiqqan yong‘in esa insonlar o‘limi hamda jamiyatga moddiy zarar yetkazishi mumkinligi tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etayotgan o‘qituvchi hamda o‘quvchilarga doimiy va vaqtinchalik yashash joylarida gaz va isitish asboblaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishga nafaqat mavsum davomida, balki butun umr davomida e’tibor qaratmog‘i lozimligi takidlab o’tildi.

Mayor B. ERGASHEV, Farg‘ona garnizoni yong‘in nazorati inspeksiyasi boshlig‘i