“Yil ayoli” milliy tanlovining Navoiy viloyati bosqichi gʻoliblari aniqlandi

0
678

Mamlakatimzning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishiga oʻzlarining ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ilgʻor tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovining xududiy bosqichi oʻtkazildi.

Quvonarli jihati ushbu tanlovlarda Mudofaa vazirligining Navoiy viloyati Uchquduq shahrida joylashgan harbiy qism ayol harbiy xizmatchisi serjant Roʻzigul Qurbonova ham munosib ishtirok etishdi.

Tanlov jarayonlarida 18 ta yoʻnalishda ishtirokchilar “Oʻzini tanishtirish”, “Savol-javob” va “Oʻzbek ayoli” deb nomlangan uchta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Tanlov natijalariga koʻra, serjant Roʻzigul Qurbonova gʻolib deb topilib, tanlovning navbatdagi Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Harbiy xizmat majburiyatlarini aʼlo darajada bajarish bilan birga oʻzining fidokorona mehnati, naʼmunali oila bekasi ekanligi bilan jamiyatda obroʻ-eʼtibor qozongan ushbu harbiy xizmatchimizning faoliyati haqiqiy vatanparvarlik timsoli hisoblanadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti