Kakaydi garnizonida navbatdagi nazorat tekshiruvlari o‘tkazilmoqda

0
1253

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Kakaydi garnizonidagi harbiy qismda navbatdagi nazorat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.

Tekshiruvning birinchi kunida harbiy xizmatchilarning hujjatlari, ust-bosh kiyimlari, yuk qoplari butligi, qurollari hamda oʻquv moddiy bazalari mudofaa vazirining tegishli buyrugʻi bilan tayinlangan hayʼat tarkibi tomonidan tekshirildi.

Shundan soʻng harbiy qism shaxsiy tarkibi saf tayyorgarligi hamda saf qoʻshiq aytishlari sinovdan oʻtkazildi.

Tekshiruvlarning asosiy maqsadi, boʻlinmalarning jangovar shayligi va jipsligini tahlil qilish va baholash, shuningdek, harbiy qismlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarning oʻquv-jangovar vazifalarni bajara olishga tayyorligini nazoratdan oʻtkazishdan iboratdir.

Rejaga asosan oʻtkazilayotgan tekshiruv davom etmoqda.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,Termiz garnizoni