Janubda muhandislar oʻrtasida bellashuv boʻlib oʻtdi

0
728

“Termiz” umumqoʻshin dala oʻquv maydonida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari tasarrufidagi muhandislik boʻlinmalari harbiy xizmatchilari bilan 2022-yilgi Umumarmiya oʻyinlariga saralash bahslari boʻlib oʻtdi.

Unda muhandislik boʻlinmalari harbiy xizmatchilari har qanday sharoitda jangovar vazifalarni bajarish boʻyicha kasbiy mahoratlarini oshirib, oʻzaro tajriba almashishi maqsad qilingan. Mutaxassislar muhandislik shaharchasida barpo etilgan portlatish ishlari, muhandislik toʻsiqlar yoʻlagi, yer osti muhandislik toʻsiqlar yoʻlagi, fortifikatsion inshootlar, suv taʼminlash punkti joylaridan belgilangan vaqtlarda ishlov berish boʻyicha bellashdilar.

Jarayonni Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining tegishli buyrugʻi bilan tayinlangan hakamlar hayʼati kuzatib, baholab borishdi.Yakuniy natijalarga koʻra Termiz garnizoni muhandislik boʻlinmasi harbiy xizmatchilari faxrli birinchi oʻrinni oldilar.

Bunday tadbirlar kelajakda muhandislik boʻlinmalari harbiy xizmatchilarining jangovar vazifalarni yanada sifatli bajarishlarida qoʻl keladi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,Termiz garnizoni