Ozod yurtga obod manzillar yarashadi

0
777

“Yaxshidan bog‘ qoladi” – deydi dono xalqimiz. Bugun Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha harbiy xizmatchilar shu kabi xayrli ishga bel bog‘lagan.
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari qism dala o‘quv maydoni atrofiga 2000 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug faxriylari hamda yoshlar hamrohligida o‘tgan obodlik tadbirlarida barcha birdek g‘ayrat ko‘rsatdi. Ozod yurtga obod manzillar yarashadi, albatta. Shu sababdan bugun bir parcha yer ham bo‘sh qoldirilmayapti.

Hashar yakunida faxriy otaxonlar yoshlarga minnatdorlik izhor etib, kun kelib ushbu nihollar hosilidan bahramand bo‘lish, soyasida rohat olish uchun kelish barchamizga nasib etsin, deya duo qildilar.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati