Andijonda yo‘l transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

260

Yo‘l jamiyat a’zolarining bir-birlari bilan bog‘lanishlari, munosabat o‘rnatishlari, muntazam aloqalarni joriy etishlari vositasidir. Kishilar yo‘llar orqali uydan uyga, mahalladan mahallaga, bir yurtdan ikkinchisiga borib-kelishadi. Insonlar yo‘llar vositasida hayotlari uchun kerak bo‘lgan yuklarini tashiydilar.
Ibtidoiy jamiyat davridan boshlab, hozirgacha yo‘llar ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim o‘rin egallab kelgan.
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Andijon garnizonida harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlari hamda harbiy qismlardagi mexanik haydovchi va mutaxassis haydovchilar bilan amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida yo‘l transport hodisalarining sabablari va oqibatlari haqida aytib o‘tildi.
Yo‘l transport holatlarining ayanchli oqibatlaridan saqlanish bo‘yicha nimalarga e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida bir qator ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, qish mavsumiga transport vositalarini tayyorlashda nimalarga e’tibor qaratish haqida ham ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati