Kursantlarga muhim tadbirlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar yetkazildi

0
546

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish – qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan turkum tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugun, 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi katta ofitseri podpolkovnik D. Zoxidov, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari tomonidan mamlakatimizda o‘tkaziladigan vatanparvarlik oyligi yuzasidan tushunchalalar – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” oldidan yoshlarda harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan dolzarb chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlar yetkazildi, kursantlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti