Oʻzbekiston millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik yurti

0
857

Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlaridan biri va Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab internati hamkorligida “Oʻzbekiston millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik yurti” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida “Bagʻrikenglik mening nazdimda” mavzusida insholar tanlovi, “Sheʼrxonlik kechasi”, “Bagʻrikenglik bolalar nigohida” nomli rasmlar tanlovi, turli millatlarning milliy taomlari koʻrgazmasi va “Oʻzbekiston umumiy uyimiz” mavzusida bayram dasturi tashkillashtirildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar va oʻquvchi yoshlar tomonidan millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va mustahkam doʻstlik aloqalarini madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar ijro etilib, barchaga xush kayfiyat ulashildi.
Yakunda tanlov gʻoliblari va faol oʻquvchi yoshlar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti