Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif

0
570

Qashqadaryoda O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bagʻishlab “Abdulla Oripovni yod etib” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari va Harbiy havo kuchlari qo’mondonligiga qarashli viloyatda joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi.

Dastlab samo sarhadlarining himoyachilari shoirning haykali poyiga guldastalar qoʻyishdi. So’ngra, shoirning hayotiy chizgilari aks etgan uy muzeyida ijod maktabining isteʼdodli oʻquvchi yoshlari bilan davra suhbati ham oʻtkazildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati