Janubda OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

176

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda “Termiz” umumqoʻshin dala maydonida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida 1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy boʻlinmasi, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan Xalqaro xayriya fondi viloyat filiali, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi, viloyat narkologiya markazi mutaxassislari hamda mudofaa ishlar boshqarmasi faxriylar bilan ishlash boʻlimi vakillari ishtirok etdilar.

Soha mutaxassislari tomonidan ishtirokchilariga OIV infeksiyasi va OITS xastaligi boʻyicha nimalardan boxabar boʻlishi, profilaktika uchun nimalarga rioya qilinishi kerakligi xususida batafsil maʼlumotlar berildi. Mavzu boʻyicha tayyorlangan videorolik namoyish etildi va targʻibot bukletlari tarqatildi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar aytarildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni