Soha mutaxassislarining tajriba almashuviga doir seminar bo‘lib o‘tdi

0
681

Sharqiy harbiy okrug Namangan garnizonida joylashgan qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosarining tegishli farmoyishiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan qurilish sohasi malakali mutaxassislarni tayyorlash markazlari boshliqlari hamda tarkibida markazlar tashkil etilgan professional ta’lim muassasalari rahbarlari, moliya va autsorsing boshliqlari bilan kelgusida markazlarning faoliyatini rivojlantirish, amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchilar muhokamasi yuzasidan o‘quv uslubiy seminar o‘tkazildi.
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Transport vazirligi vakillari hamda Namangan viloyati bandlik boshqarmasi va tashqi mehnat megratsiyasi agentligining mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.

Undan tashqari, markazda tashkil etilgan o‘quv seminarida Sharqiy harbiy okrug davlat texnik nazorati va texnika xavfsizligi bo‘limi, Namangan garnizoni yong‘in nazorati inspeksiyasi va Chust tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari tomonidan kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanishning, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazilib, seminar ishtirokchilariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga qurilish sahasi malakali mutaxasislarini tayyorlash markazlarida o‘quv yo‘nalishi, ichki tartib, autsorsing xizmati va o‘quv amaliyot ustaxonalarida yuritilishi lozim bo‘lgan rahbariy hujjatlar bo‘yicha tushunchalar va na’umanalar berildi. Seminar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi, ishtirokchilar bir-birlari bilan fikr almashib, tajriba ortirishdi, kelgusida bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati