Jangovar shaylikni mustahkamlash yoʻlida

0
1003

Mudofaa vazirligi Navoiy viloyati Uchquduq tumani va Fargʻona shahrida joylashgan harbiy qismlarida Qurolli Kuchlarning tegishli kuch tuzilmalari hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Qoʻriqlanayotgan obyektga xujum boʻlganda va favqulodda holatlar yuz berganda oʻta muhim obyektlar xavfsizligini taʼminlash” mavzusida maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Oʻquv mashgʻuloti rejasiga koʻra, erta tongdan harbiy qism shaxsiy tarkibi “Trevoga” signali boʻyicha yuqori jangovar shaylikka keltirildi va belgilangan joylarda qoʻriqlov ishlarini amalga oshirib, vaziyatga aniqlik kiritildi.

Amaliy harakatlarning asosiy bosqichida harbiy xizmatchilar tomonidan aniq va tezkorlik bilan amalga oshirilgan taktik hakatlar muvaffaqqiyatli yakunlanib, uchuvchisiz uchish apparatini qoʻlga olish, avtomobilni zararsizlantirish, yongʻinni bartaraf etish va shartli garovga olinganlarni talafotlarsiz ozod etish mashqlari aʼlo darajada bajarildi.

Taʼkidlash kerakki, mazkur oʻquv mashgʻulotida harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi, murakkab vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish, qoʻriqlanayotgan obektning xavfsizligini taʼminlash borasidagi koʻnikma va tajribalari sinovdan oʻtkazildi.

Yakunda hamkorlikdagi davlat va jamoat vakillari hamda oʻquv mashgʻuloti davomida faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti