Ezgu tashabbusni harbiy xizmatchilar qoʻllab-quvvatlamoqda

0
453

Bugungi kunda yashil olamni saqlash va koʻpaytirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surildi.

Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti ayni kunlarda mazkur aksiyada faol qatnashyapti. Ushbu loyiha doirasida harbiy institut tomonidan 2021-2022-yillarda 950 tup manzarali daraxt va 200 ta turli buta koʻchatlari, 1500 dan ortiq har xil turdagi mavsumiy gullarni ekish rejalashtirilgan.

Aksiya boshlangan kundan buyon hududlarda 625 dan ortiq koʻchatlar ekildi. Ushbu ezgu ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh boʻlayotgan harbiy institut boshligʻi Hakimjon Muhitdinov harbiy xizmatchilarni aksiyada faol ishtirok etishga chaqirib, “Yaxshidan bogʻ qoladi, yomondan dogʻ” maqolini esga oldi.

Mayor Sherqoʻzi HAKIMOV