Xorijlik harbiy mutaxassislar bilan o‘zaro tajriba almashilmoqda

0
769

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti “Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mudofaa” kafedrasi mas’ul ofitserlari va Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari mutaxassislari o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.
Yaqin Sharq mintaqasida olib borilgan jangovar harakatlarda Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarini qo‘llash bo‘yicha to‘plangan tajribalar tahlili o‘rganilib, ikki tomonlama harbiy hamkorlik, soha bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayoni va o‘quv-moddiy baza haqida o‘zaro muloqot uchrashuvning kun tartibidagi asosiy mavzu bo‘ldi.

Bilim yurtida kursantlarni sohaga tayyorlash bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlarni mehmonlar yuqori baholashdi.
Harbiy hamkorlik doirasidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda oliy harbiy ta’lim muassasasining «Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mudofaa» kafedrasi mas’ul ofitserlari hamda beshinchi bosqich kursantlari ishtirok etmoqda.

Sherzod ShARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti