Belarus harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasiga tashrif buyurdi

0
1288

Belarus Respublikasi mudofa vazirining moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Andrey Burdiko boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga mudofaa vazirining moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Zoirjon Bazarbayev, oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘i polkovnik Bobur Shayakubov hamrohlik qildi. Delegatsiya a’zolari Akademiyada kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv sinflari, harbiy texnikalar bilan tanishdi. Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari u yerdagi muzey, axborot-resurs markazi va kursantlar uchun mo‘ljallangan auditoriyalarni ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat harbiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Shundan so‘ng mehmonlar Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi borib, u yerdagi sharoitlar va ta’lim dasturlari bilan tanishdi. Shu bilan birga, Belarus harbiy delegatsiyasi Chirchiq aerodromi hamda poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasini tashrif buyurdilar.

Sherzod Egamberdiyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti