Jizzaxda ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi

0
445

Jizzax shahrida harbiy xizmatchilar va aholining barcha qatlami jalb qilingan holda sportni keng targ‘ib qilish hamda aholi salomatligini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari bilan hamkorlikda harbiy orkestr sadolari ostida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida ertalabki badantarbiya va ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan ushbu ommaviy sport tadbiri mingdan ziyod aholini qamrab oldi.

Bunday marafonlar nafaqat Jizzax shahri, balki viloyatning tumanlarida ham keng ko‘lamda o‘tkazib kelinmoqda.

– Yaratganga shukrki, bugungi kunda umrimizning keksalik faslini o‘tkazayotgan bo‘lsak ham ancha tetikmiz, bugungiday toza havoda aylanib yurgimiz keladi. Ammo bizning yoshdagi keksalar yolg‘iz yurishga istihola qiladi. Ko‘pchilik bo‘lsak, ham chaqchaqlashib gurunglashamiz, ham yangiliklardan o‘rtoqlashamiz. Shu manoda bunday tadbirlar tez-tez o‘tkazilib kelinayotgani ko‘nglimizdagidek bo‘lyapti, – deydi “Qahramon” mahalllasida istiqomat qiluvchi keksa faxriy Anvar Ashurov.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati