Poytaxtimizda “Save Aral” marafoni o‘tkazildi

0
473

Bugun, 22-noyabr kuni Toshkentda “Save Aral” xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha respublikamizning barcha viloyatlarida o‘tkazildi. Bugungi poygalar esa joriy yilgi tadbirlarning mantiqiy yakuni bo‘ldi. Uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, mamlakatimiz ekologiyasi barqarorligiga hissa qo‘shish, shunday ommaviy sport tadbirlari orqali aholimiz orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir. Poyga avvalida o‘tgan ochilish marosimida mutasaddilar Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar hamyurtlarimiz orasida yanada ommalashib borayotganini alohida ta’kidlashdi. Musobaqa doirasida yurtimizda endi rivoj topib borayotgan “Ekiden” marafoni ham o‘tkazildi. Reglamentga ko‘ra, unda bir nechta jamoa ishtirokchilari marafonda belgilangan masofani estafeta tarzida bosib o‘tishdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra ayollar o‘rtasida 3 km.ga yugyrish bahsida:
Mudofaa vazirligi sportchilari kichik serjant Marjona Akkuzieva – 10:55 (2-o‘rin);
kichik serjant Iroda Alimova – 10:59 (3-o‘rin).

Erkaklar o‘rtasida 3 km. ga yugyrish bahsida:

oddiy askar Shohrux Davlatov – 8:22 (1-o‘rin).

“Ekiden” marafoni:

Mudofaa vazirligi terma jamoasi – 24:59.9 (1-o‘rin);
Qashqadaryo viloyati – 25:33.9 (2-o‘rin);
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti – 25:43.4 (3-o‘rin).
Barcha sportchilarimizga keljakdagi faoliyatlarida omad va yorqin gʻalabalar tilab qolamiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti