Toshkentda o‘tkazilayotgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogida birinchi kun bahslari ortda qoldi.
Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi Zaynab Dayibekova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqa davomida qilichbozimiz Belarus, Ukraina, Rossiya kabi mamlakat vakillarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda rossiyalik Vlada Plexanovadan 15:7 hisobida ustun keldi. Bronza medallari esa Rossiya terma jamoasining boshqa vakillariga nasib etdi
Qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi.
Yoshlar, sablya:
1. Zaynab Dayibekova (O‘zbekiston)
2. Vlada Plexanova (Rossiya)
3. Mariya Zinyuxina (Rossiya)
3. Alina Koralyova (Rossiya)
Eslatib o‘tamiz, bugun qilichbozlar jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Bo‘lajak bellashuvlarda ham qizlarimizga omad tilab qolamiz.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti