Farg‘onada harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi

0
823

Sharqiy harbiy okrugning “Farg‘ona” dala-o‘quv maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir – davlat bayrog‘i!” shiori ostida harbiy-atanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Mazkur festivalda Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda ming nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Festival keng qamrovda o‘tkazilib, unda qurol-yarog‘ va jangovar texnikalar ko‘rgazmasi alohida o‘rin tutdi. Artilleriya qurollari va havo desant tayyorgarligi anjomlari, ayniqsa, yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan 2500-3000 metr balandlikdan 1000 metr kvadratdan ortiq hajmdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i bilan ekstremal sharoitda parashyutdan sakrash o‘quv mashg‘uloti amalga oshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati