Askarlar o‘rtasida eng ilg‘orlar aniqlanmoqda

0
792

Turli musobaqalar tashkillashtirish orqali Qurolli Kuchlarimiz saflarini har tomonlama salohiyatli, bilimli kadrlar bilan to‘ldirishga alohida ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Har yili an’anaviy tarzda Mudofaa vazirligi miqyosida muddatli harbiy xizmatchilarimiz o’rtasida turli xil mutaxassisliklardan olgan bilim va ko’nikmalarini sinovdan o’tkazuvchi “Eng ilg’or mutaxassis” ko’rik-tanlovi ham buning yaqqol isboti, deyish mumkin.

365 kun. Ushbu muddat davomida Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida qurolli kuchlarimiz salohatini oshirishga o’z hissasini qo’shadigan muddatli harbiy ximatchilar mutaxassis darajasiga erishadi. Buning isboti sifatida joylarda o’tkazilayotgan “Men g‘olib” shiori ostida o’tkazilayotgan “Eng ilg’or mutaxassis” ko’rik tanlovini ko’rsatish mumkin.

Termiz dala o’quv maydonida mazkur musobaqaning 3 yo’nalishi boyicha g’olib va sovrindorlar aniqlanadi. Kuni kecha o’z okruglarida yuqori natijalar ko’rsatgan muddatli harbiy xizmatchilar nazariy mashg’ulotlar bilan musobaqani boshlab yubordilar.

Har bir harbiy xizmatchi bilishi zarur bo’lgan qurollarni qismlarga ajratish va yig’ish shartida ham ishtirokchilar bor mahoratlarini namayon etishdi. Bu yerda muddatli harbiy ximzatchilar o’z mutaxassisliklari bo’yicha bellashuvga kelgan bo’lishlariga qaramay, jangovar tayyorgarlik har bir vatan himoyachisi uchun muhimligini amalga isbotlashdi.

Asror Ro‘ziboyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti