Qozog‘istonda hamkorlikdagi maxsus-taktik oʻquvlar boshlandi

0
2480

Qozogʻiston Respublikasining “Oymasha” poligonida O‘zbekiston—Qozog‘iston Mudofaa vazirliklarining hamkorlikdagi maxsus-taktik oʻquvi boshlandi. Bir necha kun davom etadigan o‘quvlar harbiy boʻlinmalarning vazifalari ko‘rib chiqiladi.

Bugun dunyoda kechayotgan qurolli toʻqnashuvlar qoʻshinlarda jang olib borishning zamonaviy usul va uslublarini amaliyotda keng qoʻllash, boshqa davlatlar armiyasi bilan tajriba almashish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli keskin vaziyatlarga doimo shay turish, eng soʻnggi texnologiyalar yordamida koʻnikmalarni muntazam oshirib borishni taqazo etmoqda.

Mazkur hamkorlikdagi taktik oʻquvda ham boshqa davlatlar armiyasi bilan tajriba almashish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli keskin vaziyatlarga doimo shay turish, eng soʻnggi texnologiyalar yordamida harbiy xizmatchilar koʻnikmalarini muntazam oshirishga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Bugun ikki davlat harbiy boʻlinmalari yakka va guruh tarkiblariga ajratilib, o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi. O‘quvlar doirasida harbiy xizmatchilar majmuaviy-taktik hamda uzoq masofaga yurish mashqi, jismoniy tayyorgarlik, 45 kilometr masofaga toʻliq jangovar holatni qabul qilgan holatda yugurish, taktik-tibbiy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting