“Bayrog’imiz—faxrimiz” mavzusida davra suhbati

0
743

Termiz garnizoni Kakaydi qo’rg’onida joylashgan harbiy shaharchada vatanimizning muqaddas ramzlaridan biri bo’lgan O’zbekiston bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Dastlab, shaharchada joylashgan 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar ishtirokida “Men Vatanim bayrog’ini tasvirlayman” mavzusida rasmlar tanlovi o’tkazildi.

Shaharchada yangi bunyoq etilgan harbiy qismga qarashli zamonaviy o’quv binosida vatan posbonlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Bayrog’imiz—faxrimiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda so’zga chiqqanlar davlatimiz bayrog’ining rangi, tuzilishi, hajmi va uning qabul qilishinishi haqidagi qimmatli ma’lumotlarni yig’ilganlarga yetkazishdi.

Ushbu tadbirning eng hayajonli daqiqalaridan biri kontrakt bo’yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Rustam baxshi tomonidan ijro etilgan bayrog’imiz haqidagi terma barchaning olqishiga sazovor bo’ldi.

Biz tadbir yakunida baxshidan termada ijro etilgan satrlar muallifi kim ekanligini so’raganimizda, ijorchi bayrog’ madhi so’zlarini shu yerning o’zida yuragidan quyilib kelganligini ta’kidladi.

Davlatimiz ramzi bo’lmish bayrog’imiz joylarda xalqimiz tomonidan qo’shiq qilinib, she’rlarga solinib, baxshilarimiz termalarda ana shu tarzda madh etilmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti