“Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!”

0
917

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostidagi keng ko‘lamli tadbirlar Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizolarida ham o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti ramzi hisoblanib, davlatimizning xalqaro munosabatlardagi timsoli sifatida qadrlanadi.

Shuningdek, ushbu sana munosabati bilan okrugning Ma’aniyat va ma’rifat markazida okrug boshqaruv apparati ma’sul ofitserlari, tarixchi pedogoglar, professor o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.