Mudofaa ishlar sohasi vakillarining huquqiy savodxonligi oshirildi

0
694

Navoiy, Jizzax hamda Samarqand viloyati Mudofaa ishlar boshqarmasi va bo‘limlaridagi harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari orasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda safarbarlik yig‘inida soha vakillariga yuklatilgan vazifalar, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, korrupsiya va tamagirlikka qarshi kurashish borasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan qat’iy choralar ko‘rish faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan ekanligi va bu kabi nopok yo‘llarga kirib qolmaslik uchun barcha birdek mas’ulligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirga jalb etilgan Din ishlari qo‘mitasi vakillari tomonidan Mudofaa ishlar boshqarma va bo‘limlaridan farzandining chaqiruv mavsumidagi saralashdan o‘tolmasligiga ko‘zi yetgan ota-onalar o‘z o‘g‘lini xizmatga yuborish uchun qing‘ir yo‘llarni qidirishi qoralandi. 

Shuningdek, korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlatning iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, qolaversa, jamiyatdagi ma’naviy muhitning buzilishiga olib kelishi xususida so‘z yuritilgan.

Tadbir yakunida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar misol sifatida keltirilib, unga tayinlanadigan jazo turlari va salbiy oqibatlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati